VPCH ( virus papilloma cheloveka) profilaktikasi:

HPV vaksinalari (Gardasil, Cervarix va boshqalar) – eng samarali chora.
Vaksina asosan 9–14 yoshdagi qizlar va o‘g‘il bolalarga tavsiya qilinadi, ammo 26 yoshgacha bo‘lgan ayol va erkaklarga ham qo‘llanishi mumkin.
Vaksina bachadon bo‘yni saratoni, jinsiy a’zolar siğillari va boshqa HPV bilan bog‘liq kasalliklarning oldini oladi.

⚜️ Nospetsifik profilaktika

Jinsiy aloqada prezervativdan foydalanish (100% himoya bermaydi, ammo xavfni kamaytiradi).
Bir jinsiy sherik bilan bo‘lish, tasodifiy aloqalardan saqlanish.
Reproduktiv salomatlik bo‘yicha muntazam ko‘rikdan o‘tish (ayollarda – Pap-test, kolposkopiya).

⚜️ Gigiyenik va umumiy chora-tadbirlar

Jinsiy hayotni erta boshlamaslik.
Immunitetni mustahkamlash (sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish).